AsosiySiyosat
2747

Shavkat Mirziyoev Qatarning etakchi investisiya idorasi rahbarini qabul qildi

'Shavkat Mirziyoev Qatarning etakchi investisiya idorasi rahbarini qabul qildi'ning rasmi

Qatarga davlat tashrifining ishbilarmonlik dasturi doirasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Qatar investisiyalar agentligi direktori Bandar bin Saud Ol Soniyni qabul qildi.

Agentlik sanoat, infratuzilma, energetika, ko`chmas mulk, elektron texnologiyalar sohalarida yirik loyihalarni amalga oshirishda katta tajribaga ega global miqyosdagi etakchi investisiya xoldinglaridan biri hisoblanadi. Idora rahbari bir vaqtning o`zida Qatar Markaziy banki raisidir.

Uchrashuvda agentlikning to`g`ridan-to`g`ri investisiyalarini mamlakatimiz hududlarida “yashil” energetika ob`ektlari – quyosh va shamol stansiyalarini qurish, transport infratuzilmasini modernizasiya qilish, shu jumladan zamonaviy aviaterminallar barpo etish va boshqa investisiya loyihalariga jalb qilish masalalari atroflicha ko`rib chiqildi.

Ilg`or bank-moliya xizmatlarini, shu jumladan islom moliyasi dasturlari doirasida rivojlantirishdan manfaatdorlik bildirildi.

Qo`shma loyihalarni amalga oshirish uchun ikki tomonlama guruh uchrashuvini yaqin fursatda o`tkazishga kelishib olindi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar