29 sentyabr kuni Tosnen tumani Telmana qishlog`ida xalqaro qidiruvda bo`lgan 25 yoshli O`zbekiston Respublikasi fuqarosi qo`lga olindi. Bu haqda Ivyborg.ru xabar bermoqda.
U “Agrobank” filiallaridan birida menejer bo`lib ishlagan va mijozlarning kartalaridan pul echib, o`g`irlik jinoyatiga qo`l urgan.
Banker fosh bo`lgunga qadar shu yo`l bilan 70 million so`mdan ortiq mablag`larni o`g`irlashga ulgirgan.