Prezidentning Qatarga davlat tashrifi yakunlandi

Siyosat 02.10.2023, 21:14
Prezidentning Qatarga davlat tashrifi yakunlandi

O`zbekiston Reespublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Qatarga davlat tashrifini yakunladi.

Shayx Hamad nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmonni Qatar tashqi ishlar davlat vaziri Muhammad bin Abdulaziz al-Hulayfiy va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo`ydi. Davlatimiz rahbari Toshkentga jo`nab ketdi.

Bugun Dohada mamlakatimiz etakchisi Amir shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan muzokara o`tkazdi. Unda ikki mamlakat o`rtasidagi hamkorlikni yanada yuqori, strategik sheriklik darajasiga olib chiqishga qat`iy intilish bildirildi.

Muzokaralar yakunida salmoqli hujjatlar to`plami imzolandi.

Shuningdek, Prezidentimiz “EKSPO Doha - 2023” butunjahon ko`rgazmasining ochilishida ishtirok etdi va boshqa taklif etilgan etakchilar bilan birgalikda ko`rgazmani ko`zdan kechirdi.

Tashrif chog`ida davlatimiz rahbari Qatarning yirik investorlari bilan qator uchrashuvlar ham o`tkazdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1