Ramzan Qodirovning 24 yoshli qizi Ayshat Checheniston bosh vazirining ijtimoiy masalalar bo`yicha o`rinbosari bo`ladi. Bu haqda Qodirovning o`zi Telegram kanalida ma`lum qildi.
Uning qayd etishicha, Ayshat Qodirovani ushbu lavozimga tayinlash taklifi Checheniston parlamenti raisi Muslim Xuchiev tomonidan hukumatning kengaytirilgan yig`ilishida ilgari surilgan.
"Muslim Xuchievning takliflarini qo`llab-quvvatladim. Albatta, Ayshat Qodirova viloyat Madaniyat vazirligi faoliyatini takomillashtirishga katta hissa qo`shdi va to`plangan ish tajribasini qo`shdi", deb yozadi u.
Shunisi e`tiborga loyiqki, bu Ayshat Qodirovaning birinchi hukumat lavozimi emas - u avval Checheniston madaniyat vaziri o`rinbosari bo`lgan, keyin esa bu vazirlikni o`zi boshqargan.
Avvalroq, Ramzan Qodirovning 20 yoshli qizi Xutmat Qodirova sog`liqni saqlash tizimini boshqarishi xabar qilingan edi.