AsosiyDunyo

Ayni paytda qamoqda bo`lgan eronlik inson huquqlari faoli Nargis Muhammadiy tinchlik bo`yicha Nobel mukofotini qo`lga kiritdi

'Ayni paytda qamoqda bo`lgan eronlik inson huquqlari faoli Nargis Muhammadiy tinchlik bo`yicha Nobel mukofotini qo`lga kiritdi'ning rasmi

Ayollar huquqlarini himoya qilgan va mamlakat hukumati tomonidan qamalgan eronlik huquq faoli Nargis Muhammadiy 2023 yil uchun tinchlik bo`yicha Nobel mukofotini qo`lga kiritdi.

Hozirda u Eronda qamoqda. Nargis hayoti davomida 13 marta hibsga olingan. 

2021 yilda tinchlik bo`yicha Nobel mukofoti laureatlaridan biri «Novaya gazeta» bosh muharriri Dmitriy Muratov edi. U bilan birga mukofot filippinlik jurnalist Mariya Ressaga topshirildi. Muratov va Ressa "demokratiya va matbuot erkinligi tobora noqulay sharoitlarga duch kelayotgan dunyoda" ushbu ideal uchun kurashayotgan barcha jurnalistlar vakili», deya ta`kidlagan qo`mita. Muratov tinchlik uchun Nobel mukofotiga sazovor bo`lgan uchinchi rossiyalik bo`ldi. Undan oldin u fizik va huquq himoyachisi Andrey Saxarovga va SSSRning yagona prezidenti Mixail Gorbachyovga berilgan edi. 

2022 va 2021 yillarda tinchlik bo`yicha Nobel mukofoti laureatlari 

2022 yilda Nobel mukofoti Rossiya, Belarus va Ukraina huquq himoyachilariga berildi: Rossiyaning "Memorial" inson huquqlari jamiyati, Ukraina fuqarolik erkinliklari markazi va Belarusning "Vesna" inson huquqlari markazi asoschisi Ales Belyaskiyga. 


 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar