AsosiyDunyo

O`zbekistonlik erkak Rossiyada 18 yoshli qizni zo`rladi

'O`zbekistonlik erkak Rossiyada 18 yoshli qizni zo`rladi'ning rasmi

Rossiyaning Magadan viloyatida qizni zo`rlaganlikda gumon qilingan o`zbekistonlik taksi haydovchisi qo`lga olindi. Bu haqda viloyat Tergov boshqarmasi xabar berdi.

Ma`lumotlarga ko`ra, 29 oktyabr kuni 18 yoshli qiz taksichilik bilan shug`ullanuvchi 37 yoshli o`zbekistonlik erkakka Magadan shahridan Ola qishlog`iga taksi bo`yicha buyurtma bergan. Qiz mashinaga etib kelgach erkak uni zo`rlagan. 

Huquq-tartibot organlari Rossiya Jinoyat kodeksining 131-moddasi 1-qismi (zo`rlash) bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atdi.

"Sud qarori bilan ayblanuvchi qamoqqa olingan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari uning Rossiya hududida qonuniy bor-yo`qligini aniqlaydi", - deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar