AsosiySiyosat

Italiya Prezidenti Ko`ksaroyda tantanali kutib olindi (foto)

10 noyabr kuni Ko`ksaroy qarorgohida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev...

'Italiya Prezidenti Ko`ksaroyda tantanali kutib olindi (foto)'ning rasmi

10 noyabr kuni Ko`ksaroy qarorgohida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev taklifiga binoan mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan bo`lib turgan Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarellani rasmiy kutib olish marosimi bo`lib o`tdi.

Qarorgoh oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi.

Italiya Prezidenti va uning qizi – mamlakat birinchi ledisini O`zbekiston Prezidenti va rafiqasi samimiy qarshi oldilar.

Harbiy orkestr ikki davlat madhiyalarini ijro etdi.

Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan o`tib, rasmiy delegasiyalar a`zolarini qutladilar.

Birgalikda suratga tushishdan so`ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

    Boshqa yangiliklar