1

Prezidentining Boku shahriga amaliy tashrifi yakunlandi

Siyosat 24.11.2023, 20:15
Prezidentining  Boku shahriga amaliy tashrifi yakunlandi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Boku shahriga amaliy tashrifi dasturidagi tadbirlar yakuniga etdi.

Bugun, 24 noyabr kuni davlatimiz rahbari BMTning Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun maxsus dasturi birinchi sammitida ishtirok etdi hamda SPEKA doirasida mintaqaviy hamkorlikni yanada kuchaytirish bo`yicha qator amaliy tashabbuslarni ilgari surdi.

Shuningdek, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliev bilan ikki tomonlama muzokaralar o`tkazildi. Etakchilar O`zbekiston-Ozarbayjon do`stlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar, shu jumladan oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosi ko`rib chiqdilar.

Tashrif tadbirlari yakunlangach, Haydar Aliev nomidagi xalqaro aeroportda O`zbekiston Prezidentini Ozarbayjon Bosh vazirining birinchi o`rinbosari Yaqub Ayubov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo`ydi. Davlatimiz rahbari Toshkentga jo`nab ketdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1