AsosiyDunyo
2113

Gollivud yulduzi Travis Fimmel Istanbulga sayyohat qilmoqda(video)

'Gollivud yulduzi Travis Fimmel Istanbulga sayyohat qilmoqda(video)'ning rasmi

Gollivudning mashhur aktyori Trevis Fimmel, Madaniyat va turizm vaziri o`rinbosari Dr. Batuhan Mumju bilan uchrashdi.

Madaniyat va turizm vaziri o`rinbosari Dr. Batuhan Mumju mashhur aktyorga Aya Sofiya muzeyini o`rganish chog`ida hamrohlik qildi va muzey tarixi borasida qimmatli ma`lumotlarni taqdim etdi.

Aya Sofiya masjidining tarixiy ahamiyati va arxitekturasi haqida ma`lumot to`plagan Fimmel, muzeyda o`rnatilgan monitor va quloqchinlar yordamida aks ettirilgan tasvirlarni izlar ekan, hayajonlarini yashira olmadi. Tashrif davomida Fimmel Aya Sofiya va uning o`tmishiga hayratini qayta-qayta ifodalab, Turkiyaning boshqa ko`plab mo``jizalarini o`zi uchun kashf qilish istagi bilan bo`lishdi.

Mashhur aktyorga tashrifi davomida hamrohlik qilgan vazir o`rinbosari Batuhan Mumjuning matbuotga bergan xabarida, “2023 yilda Turkiyaga kelgan turistlar soni rekord darajada oshdi. Vazirimiz Mehmet Nuri Ersoyning tashabbuslari bilan ushbu ko`rsatkichlarga erishishida, ayniqsa, 2019 yilda Turkiya Turizmni rivojlantirish va tatbiq etish agentligi (TGA) tashkil etilishi bilan muhim ahamiyat kasb etdi. Biz 200 ta turli bozorlarda targ`ibot-tashviqot tadbirlarini o`tkazib, mamlakatimizni jahon miqyosida eng faol targ`ib qilinadigan davlatlardan biri sifatida qayd etdik. Onado`lining boy tarixi Turkiyani xalqaro kino sanoati uchun jozibador manzilga aylantirdi. Mamlakatimiz jahonga mashhur yulduzlar orasida ham afzal ko`rilayotganining guvohi bo`lish juda quvonarli. Biz targ`ibot ishlarining aniq natijalarini ko`rib turibmiz”, deya o`z fikrlarini bildirdi.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar