AsosiyJinoyat
4353

Toshkentda turkiyalik 17 yoshli qiz o`zini 6-qavatdan tashlab, vafot etdi (video)

'Toshkentda turkiyalik 17 yoshli qiz o`zini 6-qavatdan tashlab, vafot etdi (video)'ning rasmi

Toshkentda turkiyalik qiz o`zini 6-qavatdan tashlab, vafot etdi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.

Ma`lum bo`lishicha, kecha, 30 noyabr kuni soat 18.30 larda Yangihayot tumanida joylashgan ko`p qavatli uylarning birida yashagan, Turkiya fuqarosi bo`lgan, 2006 yilda tug`ilgan voyaga etmagan qiz noma`lum sabablarga ko`ra, 6-kavatdan o`zini tashlagan. Qiz olgan tan jarohatlari oqibatida shifoxonada vafot etgan.  

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar