AsosiyDunyo
1592

Dunyodagi eng badavlat oilalar reytingi e`lon qilindi

'Dunyodagi eng badavlat oilalar reytingi e`lon qilindi'ning rasmi

Bloomberg ma`lumotlariga ko`ra, 2023 yilda dunyodagi eng boy oila 305 milliard dollar bilan BAAning hukmron sulolasi Al Nahayonlar oilasi bo`ldi.

Nashrning xabar berishicha, eng badavlat oilalar ro`yxatiga Walmart do`konlar tarmog`i asoschisi Uoltonlar va Hermes hashamatli brendi egalari Hermeslar ham kiritilgan.

Agentlikning ta`kidlashicha, Walmart tarmog`i egalari hamda Qatar hukmron shayxlari va amirlari sulolasi reytingga birinchi marta kiritilgan.

Qayd etilishicha, dunyoning eng badavlat 25 oilasi 2023 yilda 1,5 trillion dollarga boyigan, bu o`tgan yilgi eng boy oilalarning boyligidan 43 foizga ko`pdir.

Space X bosh direktori va X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog`i egasi Ilon Mask dunyoning eng boy kishisi bo`lib qolmoqda. Shu bilan birga, oktyabr oyida Tesla aksiyalari 20 foizga arzonlashdi. Natijada tadbirkor 35 milliard dollar yo`qotdi, bu milliarderning umumiy boyligining 14 foiziga teng.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar