1

Qilichbozlik bo`yicha o`zbekistonlik ayol hakam "Parij-2024"da ishtirok etadi

Sport 09.12.2023, 21:13
Qilichbozlik bo`yicha o`zbekistonlik ayol hakam "Parij-2024"da ishtirok etadi

2024 yili Parij shahrida o`tadigan Olimpiya o`yinlarida Xalqaro qilichbozlik federasiyasi va ushbu tashkilot direktorlar kengashi musobaqalarning shpaga yo`nalishida hakamlik qiluvchi referilar tarkibini tashkil etish to`g`risida qaror qabul qildi.

Ta`kidlash joizki, ushbu qarorga ko`ra O`zbekiston qilichbozlik federasiyasining xalqaro toifadagi referisi Dilorom Turdiqulova to`rt yillikning eng nufuzli sport tadbiri bo`lgan Olimpiya o`yinlarining shpaga bahslarida hakam sifatida ish olib boradigan bo`ldi.

Ma`lumot o`rnida, Dilorom Turdiqulova bir necha yillar davomoda Osiyo va jahondagi yirik musobaqalarda o`z mahorati va salohiyatini to`la namoyon etib, hakamlik qilgani bois «FIE»ning kuchli referilari sifatida birinchilar qatorida e`tirof etiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1