AsosiyJinoyat

Toshkentda jinoyat sodir etganlikda gumon qilingan 8 nafar shaxs qo`lga olindi (foto)

Toshkent shahrida bir qator jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanib, 8 nafar shaxs qo`lga...

'Toshkentda jinoyat sodir etganlikda gumon qilingan 8 nafar shaxs qo`lga olindi (foto)'ning rasmi

Toshkent shahrida bir qator jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanib, 8 nafar shaxs qo`lga olindi. Bu haqda IIBB axborot xizmati xabar berdi

Poytaxtda Toshkent shahar IIBB va hamkor tashkilotlar tomonidan o`tkazilayotgan tezkor-profilaktik tadbirlarning “Dolzarb qirq kunligi” doirasida bir qator jinoyatlarni sodir etgan quyidagi shaxslar ushlanib, tergovga jalb qilingan:

  • 1984 yilda tug`ilgan Yuldoshev Doniyor (Jinoyat kodeksi 168-moddasi 3-qismi);
  • 1988 yilda tug`ilgan Alimov Fazliddin (Jinoyat kodeksi 165-moddasi 2-qismi);
  • 1991 yilda tug`ilgan Quvatov Shovkat (Jinoyat kodeksi 277-moddasi 3-qismi);
  • 1988 yilda tug`ilgan Tulyaganov Nuriddin (Jinoyat kodeksi 168-moddasi 4-qismi);
  • 1986 yilda tug`ilgan Sotvoldiev Ilxom (Jinoyat kodeksi 165-moddasi 2-qismi);
  • 1992 yilda tug`ilgan Yunusov Doniyor (Jinoyat kodeksi 168-moddasi 2-qismi, 277-moddasi 3-qismi);
  • 1992 yilda tug`ilgan Erkinov Baxtiyor (Jinoyat kodeksi 165-moddasi 2-qismi);
  • 1987 yilda tug`ilgan Maxmudov Umid (Jinoyat kodeksi 165-moddasi 2-qismi).

Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan tergov qilinayotgan jinoyat ishi doirasida gumon qilinuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llangan. Tergov davom etmoqda.

Fuqarolar agar ushbu shaxslardan yoki guruh a`zolaridan jabr ko`rgan bo`lsa yoki ushbu shaxslarning jinoiy xatti-harakatlari bo`yicha ma`lumotlarga ega bo`lsa, Toshkent shahar IIBBning 71-206-45-69, 71-206-49-46 yoki 102 raqamlariga yoxud 99-370-73-94 telegram raqamiga murojaat qilishi so`ralgan. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

    Boshqa yangiliklar