Yaponiya g`arbida 5,6 va 7 magnitudali zilzilalar bir necha daqiqada sodir bo`ldi, oqibatda sunami xavfi e`lon qilindi. Kuchli silkinishlar Osaka va Kiotoda ham sezilgan.
7,4 magnitudali oxirgi kuchli zilzila Anamizu shahridan 36 km shimoli-sharqda, mahalliy vaqt bilan soat 16:10 da (Toshkent vaqti bilan 12:10) sodir bo`lgan. Zilzila 40 km sayoz chuqurlikda bo`lib, hududda keng sezilgan.
Vayronagarchilik va qurbonlar haqida ma`lumot berilgani yo`q.
Shuningdek, Yangi yil arafasida Turkiya janubi-sharqida bir necha zilzila sodir bo`ldi. Eng kuchli silkinishlar 4,5 magnitudaga etgan.