AsosiyDunyo

2023 yilda Putin imzolangan farmonlarning yarmi maxfiy bo`lgan

'2023 yilda Putin imzolangan farmonlarning yarmi maxfiy bo`lgan'ning rasmi

Rossiya prezidenti imzolagan 997 ta farmonning 49,5 foiziga maxfiylik maqomi berilgan, bu — rekord ko`rsatkich.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan 2023 yilda imzolangan farmonlarning yarmi maxfiy bo`lgan. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda.

"Prezident farmonlari ketma-ket raqamlanadi, "hisoblagich" esa har yil boshida nolga tenglashtiriladi. Shu tariqa, o`tkazib yuborilgan raqamlarni sanab, qancha farmon maxfiy bo`lganini tushunish mumkin", — deyiladi xabarda.

2022 yilda Ukrainaga hujum davrida bunday maxfiy farmonlarning ulushi 45 foizgacha oshgan. 2023 yilda bu ko`rsatkich rekord darajadagi 49,5 foizga etdi. Yashirin farmonlar harbiy xizmatchilarni mukofotlash va urushga jalb qilingan mahkumlarni afv etish uchun ham qo`llanadi. 

Shu bilan birga, harbiy harakatlarning ikkinchi yilida Putin tomonidan imzolangan farmonlar umumiy soni deyarli o`zgarishsiz qoldi. 2022 yilda — 996 ta, 2023 yilda — 997 ta farmon imzolangan. Putin maxfiy farmonlar bo`yicha avvalgi rekordni 2001 yilda o`rnatgan edi — o`shanda, Ikkinchi chechen urushi avjida bu ko`rsatkich 47 foizni tashkil etgan, deb hisoblaydi "Mediazona".

    Boshqa yangiliklar