Erondagi portlashlar haqidagi xabarlardan so`ng benchmark neft narxi keskin ko`tarila boshladi. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.
Londonning ICE Futures birjasida Brent markali neftning mart fyucherslari narxi 2,39 dollarga (3,15 foizga) oshib, bir barrel uchun 78,28 dollarni tashkil qildi.
Nyu-York tovar birjasida fevral oyidagi WTI nefti fyucherslari narxi 2,33 dollarga (3,31 foizga) ko`tarilib, bir barrel uchun 72,71 dollarni tashkil qildi.
Eslatib o`tamiz, general Qosim Sulaymoniy qabri yonida sodir bo`lgan portlashlarda yuzdan ortiq odam yuzdan ortiq odam halok bo`lgan, 170 ga yaqin kishi jarohatlangan.
Tergovning dastlabki natijalariga ko`ra, ikkita qopga solingan portlovchi moddalar qabristonda qoldirilgan va masofadan turib portlatilgan.
Eron razvedka xizmatlari buni terror hujumi deb hisoblamoqda.