AsosiySport
2913

Shohjahon Ergashev 28 mart kuni AQShda jang o`tkazadi

'Shohjahon Ergashev 28 mart kuni AQShda jang o`tkazadi'ning rasmi

Superengil vazn toifasida IBF kamari uchun sobiq da`vogar Shohjahon Ergashev Instagram tarmog`idagi jonli efir paytida navbatdagi jangi tafsilotlarini ochiqladi.

"Shu kunlarda AQShga uchib ketishim kerak. Boisi, kecha promouterim Dmitriy Salita qo`ng`iroq qilib, 28 mart kuniga jang taklifini berdi. Men qabul qildim. Yana kamar uchun majburiy da`vogarlik maqomidagi jang bo`ladi. Keyin esa revanshga harakat qilaman. Bitta yaxshi jang o`tkazmasak bo`lmaydi. Shu maqsadda AQShga ketish uchun harakat boshlandi. 28 mart, Amerika!", - dedi Ergashev.

Eslatib o`tamiz, Shohjahon Ergashev 2023 yil 26 noyabr kuni AQShda IBF chempioni Sabriel Matias bilan jang qilib, muddatidan oldin mag`lubiyatga uchragan edi. Bu uning faoliyatidagi yagona mag`lubiyat bo`lib turibdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar