AsosiyJamiyat

Apreldan boshlab gazlangan yoki energetik ichimliklarga aksiz solig`i joriy etiladi

'Apreldan boshlab gazlangan yoki energetik ichimliklarga aksiz solig`i joriy etiladi'ning rasmi

2024 yil 1 apreldan tarkibida shakar yoki boshqa shirinlashtiruvchi yoki hushbo`ylashtiruvchi moddalar bo`lgan, gazlangan hamda iste`mol qadog`iga qadoqlangan ichimliklarga aksiz solig`i joriy etiladi. Bu bo`yicha tegishli qonun qabul qilindi.

Hujjatga ko`ra, Coliq kodeksining 289-3-moddasi 1-qismi quyidagi so`zlar bilan to`ldirilmoqda:

— Tarkibida shakar yoki boshqa shirinlashtiruvchi yoki hushbo`ylashtiruvchi moddalar bo`lgan, gazlangan hamda iste`mol qadog`iga qadoqlangan ichimliklarning (energetik va tetiklashtiruvchi ichimliklar bundan mustasno) 1 litri uchun 500 so`m;

— Energetik va tetiklashtiruvchi ichimliklarning 1 litri uchun 2 000 so`m miqdorida aksiz solig`i belgilanadi.

    Boshqa yangiliklar