Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida endilikda yoshga doir pensiya tayinlash uchun ariza topshirishingiz mumkin.
Buning uchun Pensiya jamg`armasining tuman (shahar) bo`limlari tomonidan ko`rib chiqish uchun "Pensiya" dasturiy majmuasiga yuboriladigan anketani to`ldirishingiz kerak.
Pensiya jamg`armasi dasturiy majmuasi fuqarolarning ish staji, ish haqi va boshqa ma`lumotlardan kelib chiqib, qonun hujjatlarida belgilangan tartib va me`yorlarga muvofiq hisob-kitoblar va topshiriqlarni amalga oshiradi.
Sizning shaxsiy hisobingizga pensiya tayinlash yoki rad etish sabablari ko`rsatilgan ma`lumotnoma yuboriladi.
Xizmat bepul. Arizalarni ko`rib chiqish muddati 10 kun.