Janubiy Koreya qo`shinlari Sariq dengizdagi orollarda o`tkazilgan mashg`ulotlar davomida 400 ga yaqin snaryad otdi. Bu Pxenyan demarkasiya chizig`idan shimoldagi hududlarni o`qqa tutishda qo`llagan miqdordan ikki barobar ko`p.
Janubiy Koreya tomoni Seul haqiqiy dengiz chegarasi deb hisoblagan shimoliy demarkasiya chizig`idan janubdagi suvlarda shartli nishonlarga zarba berdi. Koreya Respublikasi Qurolli kuchlari 2017 yil avgustidan buyon ilk bor shimoli-g`arbiy orollarda K9 o`ziyurar qurollarini qo`llagan. 2018 yilning 19 sentyabr kuni artilleriyadan o`q otish taqiqlangan nishonlarda dengiz bufer zonalarini belgilash to`g`risida Koreyalararo kelishuv tuzilgandi. Seul noyabr oyida ayg`oqchi sun`iy yo`ldosh uchirilishiga javoban qisman unga rioya qilishni to`xtatgach, Pxenyan kelishuvdan 2023 yilda voz kechgan.
Yonpxyondo orolida evakuasiya buyrug`i Janubiy Koreya harbiylari u erda mashg`ulotlarni boshlashdan oldin berilgan. Aholidan “otishma amaliyoti davomida” boshpanalarga borish so`ralgan.
Koreya Respublikasi Qurolli kuchlari shtab boshliqlari qo`mitasining ta`kidlashicha, juma kuni Shimoliy Koreya qirg`oq artilleriyasi mahalliy vaqt bilan taxminan soat 09:00 dan 11:00 gacha Yonpxyondo va Pennyondo orollari tomon 200 dan ortiq snaryad otgan. Janubiy koreyalik tinch aholi va harbiy xizmatchilar orasida qurbonlar yo`q.