Yaponiyada o`zbek tili bo`yicha darslik nashr etildi. Bu haqda Sputnik Uzbekistan xabar bermoqda.
Uni Tokio chet tillar universiteti xodimi Xidaka Sinsuke tayyorlagan.
Qo`llanma lotin alifbosi asosida yozilgan bo`lib, 160 sahifa va 20 ta darslikdan iborat.
Og`zaki nutqni rivojlantirish uchun audio darslar ham mavjud.
Muallifning so`zlariga ko`ra, bu kitob O`zbekistonda tarjimonsiz sayohat qilish va ish safari qilish imkonini beradi.
Qo`llanma 2024 yil 29 yanvarda sotuvga chiqariladi.