1

100 ming dollar pora olgan hokim o`rinbosari 10 yilga qamaldi

Jinoyat 20.02.2024, 20:33
100 ming dollar pora olgan hokim o`rinbosari 10 yilga qamaldi

100 ming dollar bilan qo`lgan tushgan hokim o`rinbosari 10 yilga qamaldi Jinoyat ishlari bo`yicha Yangiobod tuman sudi raisi B.Mamadaminov ma`lum qildi.

2023 yilning may oyida Jizzax viloyatidagi qurilish firmasi rahbari bo`lib ishlovchi fuqaro Q.M. Yangiobod tumani hokimining v.b. o`rinbosari bo`lgan Q.R. bilan oldindan o`zaro jinoiy til biriktirib, “Angren Mashal Servis” MChJ rahbari U.T.ga shamol elektr stansiyalari qurish uchun 200 gektar qishloq xo`jaligiga mo`ljallangan erni sanoat zonasiga o`tkazib, ushbu er maydonlarini unga olib berishni va`da qiladilar.

Tadbirkorni kelgusida ushbu er maydoniga investisiya kiritib, shamol elektr stansiyalarini qurishi va investor topib, yaxshigina daromad olishi mumkinligini aytib, ishonchiga kiradi.

2023 yil 8 iyun kuni Q.M. va Q.R. tadbirkor U.T.ga shamol elektr stansiyalari qurish uchun ajratilishi lozim bo`lgan 200 gektar er maydonini ko`rsatadi. Yangiobod tumani hamda Jizzax viloyat hokimligidagi tanishlarini ishga solib, auksion savdo orqali ushbu er maydonini unga olib berishlarini aytadi. Evaziga esa undan 200.000 AQSh dollarini talab qiladi.

O`tgan yilning 18 iyun kuni Q.M. kelishilgan summaning yarmi, ya`ni 100.000 AQSh dollarini Jizzax shahrida joylashgan restoranlarning birida olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlanadi. 

Jinoyatni to`liq fosh etish maqsadida, dastlabki ko`rsatmalar hamda mavjud dalillarga asoslanib, uning Yangiobod tumani hokimligida mas`ul lavozimda ishlovchi tanishi ham qo`lga olinadi.

Jinoyat ishlari bo`yicha Yangiobod tuman sudi ushbu “uddaburonlar”ning qilmishlari bo`yicha hukm e`lon qildi.

Unga ko`ra Q. M.ga (JKning 25,168 moddasi 4-qismi, 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan JKning 57, 59,61-moddalariga asosan) bazaviy hisoblash miqdorining 400 baravari (132.000.000 so`m) miqdorida jarima va 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilishi jazosi, Q.R.ga esa (JKning 25,168 moddasi 4-qismi, 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan 45, 59,61-moddalariga asosan, 3 yil muddatga davlat ishtirokidagi korxona-muassasalardagi mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda) bazaviy hisoblash miqdorining 400 baravari (132.000.000 so`m) miqdorida jarima va 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilishi jazosini tayinladi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1