AsosiySiyosat
5230

Shavkat Mirziyoev bugun Rossiyaga boradi

'Shavkat Mirziyoev bugun Rossiyaga boradi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 21 fevral kuni “Kelajak O`yinlari” musobaqasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Qozon shahrida bo`ladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi. 

Tashrif dasturida ikki davlat rahbarlarining uchrashuvi ko`zda tutilgan. Unda 2023 yil 5-7 oktyabr kunlari Rossiyaga rasmiy tashrif yakunida erishilgan oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish hamda keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish masalalari muhokama qilinadi.

Ta`kidlash joizki, Rossiya Federasiyasida ilk bor tashkil etilayotgan va 21 fevral – 3 mart kunlari bo`lib o`tadigan “Kelajak O`yinlari” sportning an`anaviy turlari, ilmiy ishlanmalar va raqamli texnologiyalarni o`zida mujassam etgan musobaqadir.

Ushbu yirik sport tadbirida 107 ta mamlakatdan 227 ta jamoa, shu jumladan O`zbekiston sportchilari ishtirok etadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar