1

3 dona tanganing bahosi 5000 AQSh dollari

Jinoyat 21.02.2024, 14:03
3 dona tanganing bahosi 5000 AQSh dollari

Xorazm viloyati Urganch tumanida yashovchi, 1963 yilda tug`ilgan Q.B. joriy yilning 13 fevral kuni "Xiva xonligi" davriga oid 2 dona, "Buxoro amirligi" davriga oid 1 dona tangalarni tanishiga  5000 AQSh dollariga qonunga xilof ravishda sotayotgan paytida Tezkor-qidiruv xizmati xodimlari tomonidan ushlandi. Bu haqda Xorazm viloyati IIB xabar berdi.

Shundan keyin gumondorning uyi xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganida qadimiy eksponatlarni saqlab kelayotganligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.

Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1