Amerikalik tadbirkor, SpaceX asoschisi va X ijtimoiy tarmog`i egasi Ilon Mask tinchlik bo`yicha Nobel mukofotiga nomzod bo`ldi.
Maskning ushbu mukofotga nomzodi Norvegiya parlamenti deputati Marius Nilsen tomonidan taklif qilingan. Unga ko`ra, Ilon Mask jamiyat hayotini yaxshilashga hissa qo`shadigan texnologik kompaniyalarga asos solgan.
Nobel tinchlik mukofoti oktyabr oyida e`lon qilinadi.
21.02.2024 21:27
Ilon Mask tinchlik bo`yicha Nobel mukofotiga nomzod bo`ldi
