AsosiyJamiyat
2485

"Afrosiyob" poezdiga hech kim chiqmay qo`ydimi?

'"Afrosiyob" poezdiga hech kim chiqmay qo`ydimi?'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Afrosiyob" yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoezdi bo`sh o`rinlarda harakatlangani haqida xabarlar tarqaldi. 

"O`ztemiryo`lovchi" AJning holat yuzasidan bergan ma`lumotiga ko`ra, bugun 26 fevral sanasida 766-sonli yo`lovchi poezdning 2 ta vagonida jami 11 ta VIP joylar sotilmagan.

"Yo`lovchi poezdlar chiptalari sotuvga 45 kun oldindan chiqarilishi barchamizga ma`lum. "Afrosiyob" yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoezdiga chiptalar fuqarolar va sayyohlar orasida ommabop hisoblanadi. Shuningdek, sayohat vaqtini o`zgartirgan yo`lovchilar esa chiptalarni qaytarishadi va bu qaytarilgan chiptalar tizimda qaytadan sotuvga chiqariladi.
Fuqarolardan asossiz va yolg`on bo`lgan xabarlarni tarqatmasliklarini va xalqimizdan bunga ishonmasliklarini so`rab qolamiz", - deyiladi bayonotda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar