AsosiySport
4235

"Dunyoda "Barselona"ni Messichalik sevadigan futbolchi yo`q"

'"Dunyoda "Barselona"ni Messichalik sevadigan futbolchi yo`q"'ning rasmi

"Manchester Yunayted", "Real" va "Milan" klublarining sobiq yarim himoyachisi, hozirda "Inter Mayami"ning ham egasi Devid Bekxem jamoa hujumchi Lionel Messi haqida gapirdi, deya xabar bermoqda Zamon.uz.

“Men Messining faoliyatidan keyin Mayamida yashashini istardim. Lekin, Leo menga faqat "Kamp Nou" yaqinida yashash haqida o`ylashini aytdi. "Barselona"ni u qadar sevadigan futbolchi yo`q. Uning oyog`ida va hatto u ichadigan suv idishida "Barselona" logotipi bor, bu uning klubga bo`lgan kuchli muhabbatini ifodalaydi", - dedi Bekxem.

Eslatib o`tamiz, Messi 2023 yil iyulidan buyon “Inter Mayami”da o`ynab kelmoqda. O`tgan mavsumda forvard MLS klubi safida barcha turnirlar doirasida 14 ta o`yin o`tkazib, 11 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar