FIDE mart oyi uchun reytinglarni yangiladi.Unga ko`ra, Nodirbek Abdusattorov dunyodagi yosh shaxmatchilar (Juniors) reytingida peshqadamga aylandi.

U hindistonlik Gukesh Dommaradjuni ortda qoldirib, yoshlar o`rtasidagi reytingni boshqarib bormoqda.
Ma`lumot o`rnida, yana bir shaxmatchi Javohir Sindarov reytingda beshinchi o`rinda bormoqda.





