Xitoy tashqi ishlar vaziri Van Yining ta`kidlashicha, Xitoyning asosiy maqsadi Ukrainadagi urushni tugatish, ammo bu Rossiya va Ukraina vakillari to`g`ridan-to`g`ri tinchlik muzokaralariga rozi bo`lgan taqdirdagina mumkin bo`ladi. Bu haqida Zamon.uz xabar bermoqda.
"Xitoy Ukrainadagi urushni tinch yo`l bilan hal qilish bo`yicha sammitni har ikki tomon vakillari ishtirokida o`tkazishni qo`llab-quvvatlaydi, biroq "tegishli vaqtda", - dedi Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I.
Vazir Rossiya, Ukraina va boshqa Evropa davlatlariga tashrif buyurgan Evroosiyo bo`yicha maxsus elchi Li Xuyning Kievga tashrifi oldidan gapirdi. Bundan tashqari, Van I Xitoyning Rossiya bilan munosabatlarini yuqori baholadi.






