1

O`zbekistonning Vengriyadagi Elchisi tayinlandi

Siyosat 08.03.2024, 10:48
O`zbekistonning Vengriyadagi Elchisi tayinlandi

 O`zbekiston Respublikasining yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Oybek Shaxavdinov Vengriya poytaxtiga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA .

Oybek Shaxavdinov Budapeshtga tayinlanishidan oldin TIVning Evropa mamlakatlari va Evropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig`i lavozimida ishlagan.

46 yoshli diplomat Birmingem universiteti (Buyuk Britaniya), Toshkent davlat yuridik universiteti (magistratura), Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining (MDXMI) tarjimonlar tayyorlash kursini tamomlagan.


Mehnat faoliyatini Xorazm viloyatida boshlagan. 2004 yildan buyon TIV tizimida. Mehnat faoliyatini Toshkentdagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida boshlagan, so`ngra TIVning Evropa davlatlari bilan hamkorlik boshqarmasida referentlikdan boshqarma boshlig`i singari diplomatik xizmatning barcha bosqichlarini bosib o`tgan. Shuningdek, O`zbekistonning Bryusseldagi elchixonasida ishlagan.

Ingliz, rus va fransuz tillarini mukammal biladi.

Oybek Shaxavdinov O`zbekistonning qarorgohi Budapesht shahrida joylashgan Vengriyadagi birinchi elchisi sanaladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1