AsosiyDunyo

28 daqiqa uxlab qolgan uchuvchilar tergov qilinmoqda

'28 daqiqa uxlab qolgan uchuvchilar tergov qilinmoqda'ning rasmi

     Indoneziya transport vazirligi Batik aviakompaniyasining ikki uchuvchisi parvoz vaqtida uxlab qolganligi sababli samolyot o`z yo`nalishidan chiqib ketganini ma`lum qildi. Shtat uchuvchilarining 28 daqiqa uxlab qolgani aniqlanib, tergov boshlandi. 

   Indoneziya axborot agentligining xabar berishicha, 25-yanvar kuni Indoneziyaning Kendari shahridan poytaxt Jakartaga qilingan parvoz vaqtida uchuvchi va uning yordamchisi ham 28 daqiqa uxlab qolishgan va bu esa navigasiyada xatolarga sabab bo`lgan. 

     Milliy transport xavfsizligi qo`mitasi (KNKT)ning ma`lumotiga ko`ra, 2 soat 35 daqiqa davom etgan parvozda 153 nafar yo`lovchi va 2 nafar styuardessa, 2 nafar uchuvchiga, shuningdek, samolyotga ham hech qanday zarar etmagan. 

     Samolyot qo`nishiga 28 daqiqa qolganda uyg`onib qolgan uchuvchi samolyot yo`nalishini o`zgartirganini payqagan zahoti yordamchi sherigini uyg`otadi. Vaqtida samolyot yo`nalishini to`g`rilashganligi sababli hech kim yaralanmagan va samolyot odatdagidek qo`ngan. 

    Xabarda aytilishicha, birinchi uchuvchi etarlicha dam olmaganini, ikkinchi uchuvchi esa egizak chaqaloqlariga qarashda ayoliga yordam berib uxlamay chiqqanligini sabab qilib keltirgan. 

     Voqea bilan bog`liq tergov ishi qo`zg`atildi.

    Boshqa yangiliklar