1

O`zbekiston elchisi Eronning Yazd ustoni gubernatori Mehran Fatemi bilan uchrashuv o`tkazdi

Siyosat 12.03.2024, 09:23
O`zbekiston elchisi Eronning Yazd ustoni gubernatori Mehran Fatemi bilan uchrashuv o`tkazdi

 

O`zbekiston elchisi Fariddin Nasriev Eronning Yazd ustoni (viloyati) gubernatori Mehran Fatemi bilan uchrashuv o`tkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA .

Muloqot chog`ida ikki mamlakat o`rtasida savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, turizm va madaniy-gumanitar aloqalarni yangi bosqichga ko`tarish hamda hududlararo hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi.

Yazd ustoni gubernatori O`zbekiston Prezidentining Tehronga bo`lib o`tgan rasmiy tashrifini tarixiy deya baholadi va ikki mamlakat rahbarlari o`rtasidagi doimiy muloqotlar mamlakatlarimiz o`rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish yo`lida muhim omil bo`layotganini ta`kidladi.

Mehran Fatemi, shuningdek, hududlararo hamkorlik doirasida Yazd va Xorazm viloyatlari o`rtasida birodarlik munosabatlarini o`rnatishga qiziqish bildirdi.

Tomonlar mazkur yo`nalishdagi vazifalarni boshlash maqsadida galdagi tadbirlar rejasi to`g`risida ham fikr almashildilar.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1