1

O`zbekiston Prezidentiga qutlovlar kelmoqda

Siyosat 12.03.2024, 10:54
O`zbekiston Prezidentiga qutlovlar kelmoqda

Ramazon oyi kirib kelishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev nomiga xorijiy mamlakatlar etakchilari, hukumatlar, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari, taniqli jamoat va din arboblaridan qutlovlar kelmoqda. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi. 

Xorijiy hamkorlar mamlakatimizning ko`p millatli xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilaklarini izhor etib, ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlashga tayyorligini tasdiqlagan.

Jumladan, quyidagilar o`z tabriklarini yo`llagan:

Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi;

Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon;

Birlashgan Arab Amirliklari Vise-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum;

Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy;

Qirg`iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov;

O`mon Sultoni Haysam bin Toriq Al Said;

Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II;

Bahrayn Podshohi Shayx Hamad ibn Iso Al Xalifa;

Falastin Davlati Prezidenti Mahmud Abbos;

Islom hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Husayn Ibrohim Toha;

Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliev;

Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Husrav Noziriy;

“Al-Azhar” majmuasi rahbari Shayx Ahmad At-Toyyib.

Qutlovlar kelishda davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1