2023-2024 o`quv yili boshida nodavlat umumta`lim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan o`qituvchilar soni 7730 nafarni tashkil etganligi haqida statistika agentligi xabar qildi.
Yillar kesimida nodavlat umumta`lim tashkilotlarida faoliyat yuritgan o`qituvchilar soni ortib bormoqda. 2018/2019-o`quv yilining mos davriga nisbatan solishtirilganda 4,7 barobarga oshgan.
2018/2019 yilda – 1 633 kishi
2019/2020 yilda – 2 353 kishi
2020/2021 yilda – 2 859 kishi
2021/2022 yilda – 3 578 kishi
2022/2023 yilda – 5 014 kishi
2023/2024 yilda – 7 730 kishi