AsosiyDunyo

Rossiya yadroviy urushga tayyor – Putin

'Rossiya yadroviy urushga tayyor – Putin'ning rasmi

Rossiya prezidenti AQShning yadroviy salohiyati, Finlyandiya chegarasiga rus qo`shinlari joylashtirilishi va yadro qurollarini amalda sinab ko`rish haqida gapirdi. Bu haqida Zamon.uz xabar bermoqda.

Harbiy-texnik nuqtayi nazardan, Rossiya yadro urushiga tayyor, dedi prezident Vladimir Putin teleboshlovchi Dmitriy Kiselevga bergan intervyusida. Shu bilan birga, davlat rahbari "hamma narsa bunchalik keskinlashib ketayotganiga" ishonmasligini ta`kidladi, deb yozmoqda RBK.

"Harbiy-texnik nuqtayi nazardan, biz, albatta, tayyormiz. Bizda ular [yadroviy raketalar] doimo jangovar shay holatda", — dedi Putin Rossiya haqiqatan ham yadro urushiga tayyormi, degan savolga javob berar ekan.

Taktik yadro qurollari haqida gapirar ekan, prezident Ukrainadagi maxsus operasiya vaqtida bunday qurollardan foydalanishga hech qachon ehtiyoj bo`lmaganini ta`kidladi. Bu uning xayoliga hech qachon bunday fikr kelmaganligini anglatadimi, degan savolga Putin shunday javob qaytardi: "Yo`q, nima uchun?"

"Bizning o`z tamoyillarimiz bor. Ular nima haqida gapiryapti: agar gap Rossiya davlatining mavjudligi, suverenitetimiz va mustaqilligimizga zarar etkazish haqida ketayotgan bo`lsa, qurol-yarog`ni, jumladan, har qanday qurolni, shu jumladan siz aytgan qurollarni ham ishlatishga tayyormiz. Biz uchun strategiyada hamma narsa yozilgan, biz uni o`zgartirmadik", — deya qo`shimcha qildi Putin.

Davlat rahbari, shuningdek, bugungi kunda AQSh ham yadroviy kuchlarini rivojlantirayotgani, biroq bu ularning urush boshlashga tayyorligini anglatmasligini eslatdi. Shu bilan birga, uning so`zlariga ko`ra, agar AQSh yadroviy sinovlar o`tkazsa, Rossiya ham shunday qilishi mumkin.

[AQSh yadroviy sinovlarini o`tkazish imkoniyati] yangi jangovar kallaklar paydo bo`lganda, ba`zi ekspertlar fikricha, ularni faqat kompyuterda sinab ko`rishning o`zi kifoya emas, ularni tabiiy ko`rinishida sinab ko`rish zarurligi bilan bog`liq. Amerika Qo`shma Shtatlaridagi ma`lum doiralarda bunday g`oyalar bor. Biz bu haqda bilamiz. Biz ham kuzatyapmiz", — dedi prezident.

Davlat rahbari Ukrainada G`arb qo`shinlarining mavjudligi mavzusiga ham to`xtalib, agar Qo`shma Shtatlar o`z kuchlarini u erga yuborishga qaror qilsa, Rossiya bunday qadamni, shuningdek, Rossiya hududiga Amerika qo`shinlarini joylashtirish kabi aralashuv sifatida ko`rib chiqishini ta`kidladi.

"Men (AQSh prezidenti Jo Bayden) u an`anaviy siyosiy maktab vakili ekanini aytdim va bu tasdiqlandi. U erda Baydendan tashqari Rossiya — Amerika munosabatlari va strategik cheklov sohasida ko`plab boshqa mutaxassislar bor. Shu bois, bu erda hammasi u qadar keskinlashib ketyapti, deb o`ylamayman, lekin biz bunga tayyormiz", — deya xulosa qildi Putin.

    Boshqa yangiliklar