AsosiyJinoyat
2705

G`ijduvonda yashovchi yigitlar 100 va 200 ming so`mlik kupyuralarni o`z xonadonida qalbakilashtirgani aniqlandi

'G`ijduvonda yashovchi yigitlar 100 va 200 ming so`mlik kupyuralarni o`z xonadonida qalbakilashtirgani aniqlandi'ning rasmi

Ma`lum qilinishicha, Buxoro viloyati G`ijduvon tumanida yashovchi yigitlar 100 va 200 ming so`mlik kupyuralarni o`z xonadonida qalbakilashtirib, muomalaga kiritishga uringan. Bu haqda IIV Matbuot xizmati xabar qildi.

Jinoiy guruh 19 dona 100 ming so`mlik jami 1 mln 900 ming so`m pul kupyuralari, 49 dona A4 formatidagi qog`ozlarda 98 dona qiymati 100 ming so`mlik jami 9 mln 800 so`m pul kupyuralarini printer yordamida qalbakilashtirganligi aniqlangan.

20-21 yoshli yigitlarni sud kursiga etaklagan ushbu jinoiy ish JIB G`ijduvon tumani sudida ochiq sud majlisida ko`rib chiqildi.

Sud hukmiga ko`ra, ularga nisbatan JKning 59-61 moddalari tartibida tayinlangan jazolarni qisman qo`shish yo`li bilan, 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar