AsosiySiyosat
5081

O`zbekiston Qahramoni Zayniddin Nizomxo`jaev faxriy unvon bilan taqdirlandi

'O`zbekiston Qahramoni Zayniddin Nizomxo`jaev faxriy unvon bilan taqdirlandi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning farmoniga muvofiq, Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxo`jaev davlat hokimiyati vakillik organlari hamda mamlakatimiz sog`liqni saqlash tizimidagi ko`p yillik samarali mehnati, yurtimizda milliy saylov tizimini umume`tirof etilgan xalqaro standartlar asosida takomillashtirish, demokratik islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, fuqarolarning konstitusiyaviy huquqlarini ro`yobga chiqarish borasidagi katta xizmatlari, yuksak salohiyatli kadrlarni tayyorlash, yosh avlodni ona vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashga qo`shgan munosib hissasi, shuningdek, tavalludining 70 yilligi munosabati bilan “O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi.

Bugun davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev Zayniddin Nizomxo`jaevga ushbu yuksak unvon va ko`krak nishonini topshirdi.

Tibbiyot fanlari doktori, professor Z.Nizomxo`jaev uzoq yillar qator mas`ul lavozimlarda fidokorona mehnat qilgan. U 2014 yilda “O`zbekiston Qahramoni” unvoni bilan mukofotlangan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar