1

Davron Xidoyatov "Uzavtosanoat" AJ raisiga o`rinbosar bo`ldi

Siyosat 20.03.2024, 14:18
Davron Xidoyatov "Uzavtosanoat" AJ raisiga o`rinbosar bo`ldi

Davron Xidoyatov "Uzavtosanoat" AJ boshqaruv raisining innovasiya va investisiyalar bo`yicha o`rinbosari lavozimiga, Saxapov Aleksandr Aleksandrovich esa boshqaruv raisining sotuvni rivojlantirish va marketing bo`yicha o`rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda "Uzavtosanoat" AJ Matbuot xizmati xabar berdi

Mazkur tayinlovga qadar Davron Xidoyatov Toshkent viloyati Chirchiq shahri hokimi lavozimida faoliyat yuritgan.

Davron Xidoyatov avtomobilsozlikning boshqaruv sohasida qolaversa, ayni yo`nalishda ko`p yillik ish tajribasiga ega bo`lib, turli yillar mobaynida "UzTruck and Bus" kompaniyasini boshqargan. Shuningdek, "Uzavtosanoat" AJda Moliya masalalari bo`yicha boshqaruvchi direktor sifatida ishlagan.

2014 yilda Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo`mitasi raisi lavozimiga tayinlangan.

2017 yildan boshlab turli davrlarda Toshkent shahar Chilonzor tumani hokimi, so`ngra Toshkent shahar hokimining birinchi o`rinbosari, Toshkent viloyati hokimi, keyin esa Chirchiq shahar hokimi lavozimlarida faoliyat yuritib kelgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1