1

U Qashqadaryolik shaxsning 909 ming so`m pulini o`zlashtirib olgan

Jinoyat 22.03.2024, 11:34
U Qashqadaryolik shaxsning  909 ming so`m pulini o`zlashtirib olgan

Qashqadaryo viloyati, Kitob tumanida yashovchi 31 yoshli V.F. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 909.000 so`m miqdoridagi pul mablag`lari noma`lum shaxs tomonidan o`zlashtirilganligini ma`lum qilgan.

Bu haqda IIV TQD Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo`linmalari xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Buxoro viloyati, Kogon tumanida yashovchi 24 yoshli Q.U. sodir etganligi aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan Q.U internet foydalanuvchilariga “Telegram” messenjeri orqali turli xil mazmunidagi xabarni (havola) jo`natib, ularni qiziqtirib, bank karta ma`lumotlarini qo`lga kiritish orqali bank kartalarida saqlangan pullarni o`g`irlab, qing`ir yo`llar bilan boylik orttirib kelayotganligi ma`lum bo`ldi.

Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, Q.U.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Qonunga muvofiq, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi "b" bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1