1

O`zbekiston Hongkong ustidan yirik g`alabaga erishib, saralash bosqichiga yo`llanma oldi

Sport 26.03.2024, 21:52
O`zbekiston Hongkong ustidan yirik g`alabaga erishib, saralash bosqichiga yo`llanma oldi

JCh-2026 hamda Osiyo kubogi-2027 qo`shma saralash bosqichi doirasida O`zbekiston milliy jamoasi Hongkong ustidan yirik g`alabaga erishib, hal qiluvchi 3-saralash bosqichi va Saudiya Arabistonida o`tadigan Osiyo kubogi-2027ga yo`llanmani naqd qildi, deya xabar bermoqda tribuna.uz.

Toshkentdagi uchrashuv oldidan bosh murabbiy Srechko Katanes betobligi sababli o`z yurtiga qaytib ketgan bo`lsa-da, milliy jamoamiz Hongkong bilan bahsda katta qiyinchiliksiz g`alabaga erishdi. 

Eldor Shomurodov birinchi bo`limda hisobni ochgan bo`lsa, tanaffusga qadar jarohat olib, 2-bo`limda maydonga tusha olmadi. Zaxiradan maydonga tushgan Hojimat Erkinov va Oston O`runovning goli vakillarimizga yirik g`alabani keltirdi – 3:0.

Shu tariqa, O`zbekiston 4-turdan keyin 10 ochko bilan keyingi bosqich yo`llanmasini muddatdan avval naqd qildi. 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1