AsosiyJinoyat
2809

Sirdaryoda egizak chaqaloqlarini 1 xonali uyga sotmoqchi bo`lgan ota-ona ushlandi

'Sirdaryoda egizak chaqaloqlarini 1 xonali uyga sotmoqchi bo`lgan ota-ona ushlandi'ning rasmi

Sirdaryoda moddiy jihatdan qiynalgani uchun farzandlarini sotayotgan ota-ona ushlandi.

Ma`lum qilinishicha, erkak va ayol o`zaro tanishib Guliston shahrida shar`iy nikoh asosida yashab kelgan. So`ngra ular egizak farzandli bo`lgan. Ushbu fuqarolar jinoiy til biriktirib, egizak farzandlarini uyga ayirboshlamoqchi bo`lgan. Tezkor tadbir davomida ular uy hujjatlarini olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo`lga olingan.

Holat yuzasidan sud ishi JIB Guliston shahar sudida ko`rib chiqildi. Bu haqda "Bu kun" dasturi xabar qildi.

"Qiynalib, boqolmaganim evaziga sotishga majbur bo`ldim",- deydi chaqaloqlarning otasi.

Sud majlisi davomida erkakning qonuniy oilasidan 4 nafar farzandi borligi ma`lum bo`lgan.

Sud hukmiga ko`ra, ular JKning 135-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan aybli deb topilgan. Ayolga nisbatan qaramog`ida voyaga etmagan farzandlari borligi inobatga olinib, JKning 57-moddasini qo`llagan holda 3 yil, erkakka nisbatan 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar