AsosiyDunyo

18 yildan beri davlatlararo qidiruvda bo`lga shaxs qo`lga olindi

'18 yildan beri davlatlararo qidiruvda bo`lga shaxs qo`lga olindi'ning rasmi

Qozog`istonning Jambil viloyatida 18 yildan beri davlatlararo qidiruvda bo`lgan O`zbekiston fuqarosi qo`lga olindi. Bu haqda Qozog`istonning “Kazinform” nashri xabar berdi.

Bildirilishicha, erkak Qozog`iston davlat chegarasini noqonuniy kesib o`tgan. Shuningdek, u 2006 yilda O`zbekiston hududida qasddan qotillik sodir etgani uchun davlatlararo qidiruvga berilgan.

“Tergov manfaatlarini ko`zlagan boshqa ma`lumotlar oshkor etilishi shart emas”, deya aniqlik kiritdi Qozog`iston huquqni muhofaza qiluvchi organi.

Hozirda fuqaroni jinoiy javobgarlikka tortish uchun O`zbekiston hududiga ekstradisiya qilish masalasi hal qilinmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar