1

Andijonda elektr korxonasi muhandislari qo`lga olindi

Jinoyat 30.03.2024, 23:54
Andijonda elektr korxonasi muhandislari qo`lga olindi

Asaka tumani ETK muhandisi F.Ya. fuqaro F.T.ning yangi tashkil etgan yog`och mahsulotlariga qayta ishlov berish sexini 105 mln so`m evaziga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida elektr tarmog`iga ulab berishini va`da qilib, ushbu pullar hisobidan 85 mln so`mni olgan vaqtida ushlangan. Bu haqda iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti xabar qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o`tkazilgan.

Tadbirda Andijon viloyati ETK muhandisi J.Yu. Asaka tumani ETK muhandisi F.Ya.dan 85 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.  

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1