AsosiyJinoyat

Samarqandda kontrak pulini to`lash uchun narkokurerlik qilgan talaba 14 yilga qamaldi (video)

Samarqandda narkokurer talaba 14 yilga qamaldi. Bu haqida "Zamon" axborot dasturida xabar...

Samarqandda narkokurer talaba 14 yilga qamaldi. Bu haqida "Zamon" axborot dasturida xabar berildi.

Talaba Samarqand davlat iqtisodiyot va servis universitetining 5-bosqich talabasi bo`lgan O`tgan yili asli Tojikistonlik Sancho ismli yigit bilan tanishib qolgan. Undan O`zbekistonga olib o`tiladigan giyohvandlik vositalarini qabul qilib, ko`rsatilgan manzilga olib borib berishga kelishadi.

Tojikistonlik yigitga o`zbekistonlik talabani kontrakt pulini to`lashiga yordam berishini aytadi. 

"Tovarni" aytilgan manzilga yotkazib berish xizmat haqqi evaziga sudlanuvchiga 1000 AQSh dollari berishni va`da qilgan.  Talaba yo`l chetidagi daraxtlar tagiga yashirilgan paket ichida 5 dona o`ramdagi og`irligi 5 kg "opiy" giyohvandlik vositasini olgan vaqtida organ xodimlari omonidan qo`lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan sud ishi JIB Jomboy tumani sudida ko`rib chiqildi.

Unga ko`ra, sudlanuvchi yigitga nisbatan JKning 59-moddasida belgilangan jazolarni qisman qo`shish yo`li bilan 14 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

    Boshqa yangiliklar