AsosiySiyosat
4534

O`zbekiston Isroilning Suriyadagi Eron konsulligiga qilgan hujumini keskin qoraladi

'O`zbekiston Isroilning Suriyadagi Eron konsulligiga qilgan hujumini keskin qoraladi'ning rasmi

O`zbekiston Isroil tomonidan Suriya poytaxti Damashqdagi Eron konsulligi binosiga uyushtirilgan havo hujumini keskin qoralaydi. Bu haqdagi Tashqi ishlar vazirligi bayonotini vazirlik matbuot kotibi Ahror Burhonov ma`lum qildi.

“Bir necha insonlarning qurbon bo`lishi va Eronning Damashq (Suriya) shahridagi diplomatik missiyasi hududida vayronagarchiliklarga olib kelgan Eron konsulligi binosiga uyushtirilgan havo hujumini keskin qoralaymiz.

Xorijiy davlatlarning diplomatik va boshqa vakolatxonalariga hujum qilinishini mutlaqo qabul qilib bo`lmas holat hamda xalqaro diplomatik huquq asoslari va tamoyillarini eng qo`pol ravishda buzilishi deb hisoblaymiz”, - deyiladi xabarda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar