AsosiySiyosat
5337

Shavkat Mirziyoev Valentina Matvienkoni tug`ilgan kuni bilan tabrikladi

'Shavkat Mirziyoev Valentina Matvienkoni tug`ilgan kuni bilan tabrikladi'ning rasmi

Shavkat Mirziyoev 7 aprel kuni Rossiya Federal majlisi federasiya kengashi raisi Valentina Matvienko bilan telefon orqali muloqot qilib, uni tug`ilgan kuni bilan tabrikladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmatining xabar berdi.

Davlat rahbari uni samimiy qutlab, mustahkam sog`lik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar tiladi.

Suhbat davomida O`zbekiston bilan Rossiya o`rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash, oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirishga ikki mamlakat parlamentlari faol hissa qo`shayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.

 

Muloqot yakunida parlamentlararo hamkorlikni, shu jumladan, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasida yanada rivojlantirish muhim ekani ta`kidlandi

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar