1

DXX Andijonda 42 mlrd so`mlik loyihani olib bermoqchi bo`lgan shaxslarni qo`lga oldi

Jinoyat 11.04.2024, 10:56
DXX Andijonda 42 mlrd so`mlik loyihani olib bermoqchi bo`lgan shaxslarni qo`lga oldi

Andijon tumanida yashovchi, 1966 y.t. A.B. va Andijon shahrida istiqomat qiluvchi, 1971 y.t. X.U. o`zaro til biriktirib, yo`l qurilishi sohasida faoliyat yurituvchi MChJ rahbarining ishonchiga kirishadi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ular yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali, MChJga Asaka tumanidagi “4R-112” avtomobil yo`lining 4 km. qismiga asfaltobeton qoplamasini yotqizish bo`yicha loyihani olib berish evaziga, loyiha uchun ajratiladigan 42 mlrd. so`mning 10 foizini (4,2 mlrd. so`m) berishini talab qilishadi.

Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan Andijon shahrida o`tkazilgan tezkor tadbirda A.B. so`ralgan pul mablag`i hisobidan 20 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 va 28,211-moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1