1

O`zbekistondagi ikki universitet QS reytingida TOP-500 talikka kirdi

Jamiyat 14.04.2024, 19:06
O`zbekistondagi ikki universitet QS reytingida TOP-500 talikka kirdi

O`zbekistondagi 2 ta universitet QS reytingida TOP-500 talikka kirdi. Bu haqda Quacquarelli Symonds – QS World University Rankings xalqaro reyting agentligi xabar bermoqda.

Quacquarelli Symonds – QS World University Rankings xalqaro reyting agentligi 2024-yilgi dunyo universitetlarining "Fan sohalari reytingi" (Subject Rankings) natijalarini e`lon qildi.

Unga ko`ra, "Toshkent irrigasiya va qishloq xo`jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti muhandislik va texnologiya (398) hamda atrof-muhit (351-400), O`zbekiston milliy universiteti esa, matematika fani (451-500) bo`yicha TOP-500 oliy ta`lim muassasalari qatoridan o`rin egalladi.

Qayd etilishicha, bu yilgi reytingda "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti "Akademik obro`" indekatori bo`yicha eng yaxshi ko`rsatgichga erishib, 59-o`rinni egallagan bo`lsa, O`zbekiston milliy universiteti matematika fanidan reytingda ilmmetriya ko`rsatkichlarini oshirib, har bir nashrga havolalar soni, Xirsh indeksi va xalqaro ilmiy hamkorlik indeksi bo`yicha ijobiy dinamikaga erishgan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1