AsosiyDunyo
2142

Netanyahu Bayden bilan suhbatdan keyin Eronga tezkor qarshi hujumlardan voz kechdi

'Netanyahu Bayden bilan suhbatdan keyin Eronga tezkor qarshi hujumlardan voz kechdi'ning rasmi

AQSh prezidenti Jo Bayden Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuni tungi hujumdan so`ng Eronga tezda javob qaytarishdan qaytardi. Bu haqda “New York Times” nashri xabar berdi.

Nashrning yozishicha, javob hujumini Isroil hukumatining bir qancha a`zolari qo`llab-quvvatlagan, biroq Eronning hujumidan jiddiy zarar etmagani, shuningdek, Netanyahuning Bayden bilan telefon suhbati uning bekor qilinishiga sabab bo`lgan.

Isroil Harbiy vazirlar mahkamasi a`zosi Beni Gansning so`zlariga ko`ra, Isroil vaqti kelganda Eron hujumiga javob beradi.

"Eron tahdidi kuchaygan hozirgi sharoitda, biz mintaqaviy koalisiya tuzamiz. Eronning hujumiga o`zimizga qulay paytda va usulda javob qaytaramiz", – deya ta`kidladi Gans.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar