Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi 277- maktabda o`qituvchi xato qilgan o`quvchilarini jazolashda shafqatsizlik qilib, ularning qo`liga igna va “samorez” sanchib kelgani haqida xabar berilgandi. Bu holatga Bolalar Ombudsmani rasmiy izoh berdi.
Ma`lum bo`lishicha, joriy yilning 16 aprel kuni Toshkent shahri Sergeli tumani, 277-o`rta tablim maktabi 1-“E” sinf o`quvchilarining 15 nafar ota-onasi mazkur maktab direktoriga 1-“E” sinf rahbari S.R. (ayol) ustidan shikoyat qilgan.
Murojaatda ota-onalar sinf rahbari S.R. o`quvchilar qo`liga “samorez” va ignalar sanchib, turli jarohatlar etkazgani, go`yoki shunday usulda bolalarni tarbiyalashga uringanini bildirgan. 1-“E” sinf rahbari S.R. bolalarga nisbatan shunday nomaqbul harakatlarni sodir etgani yuzasidan o`qituvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.
Hozirda holat yuzasidan Sergeli tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.